Andijonda bekatda yong‘in: qisqa fursatda o‘chirilgan hodisa tafsilotlari

Andijonda bekatda yong‘in: qisqa fursatda o‘chirilgan hodisa tafsilotlari

Bugun, 6 iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan bekatlardan birida yong‘in hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 16:20 atrofida 112 qisqa raqami orqali “Yaxshi” MFY, Pirmuhamedov ko‘chasida joylashgan yo‘l bo‘yidagi bekatda tutun va alangalanish kuzatilgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yo‘l olib, oradan atigi 5 daqiqa o‘tib manzilga yetib borgan. Tezkor choralar natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida, ya’ni soat 16:32 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida bekatning taxminan 20 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan. Yaxshiyamki, yong‘in paytida jabrlangan yoki tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan.

Mutasaddilar tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar