Toshkent shahri va viloyatida 1,1 mlndan ortiq avtomobil ro‘yxatga olingan

Toshkent shahri va viloyatida 1,1 mlndan ortiq avtomobil ro‘yxatga olingan

O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli 4 982 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga mamlakatdagi jami avtotransport vositalarining qariyb to‘rtdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Ikki hududda ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 1,1 mlndan oshgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda jismoniy shaxslar nomiga 637 706 ta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Toshkent viloyatida esa bu ko‘rsatkich 476 148 tani tashkil etgan.

Shu tariqa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jami 1 113 854 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Bu respublika bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining taxminan 22,4 foiziga teng.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar