Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bugun, 3 aprel kuni Afg‘onistonda katta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila soat 21:12 da ro‘y bergan. Epitsentr Toshkentdan 526 km janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, magnitudasi 6, chuqurligi 207 km ni tashkil etadi. Epitsentr Badaxshon, Afg‘onistonda joylashgan. Hudud koordinatalari: 36,69 daraja shimoliy kenglik va 70,76 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekistonning turli viloyatlarida zilzila quyidagi quvvatda sezildi:
- Surxondaryo — 3 ball, 314 km
- Farg‘ona — 2-3 ball, 420 km
- Sirdaryo — 2-3 ball, 457 km
- Jizzax — 2-3 ball, 457 km
- Samarqand — 2-3 ball, 468 km
- Andijon — 2-3 ball, 477 km
- Namangan — 2-3 ball, 485 km
- Qashqadaryo — 2-3 ball, 499 km
- Toshkent viloyati — 2-3 ball, 520 km
- Toshkent shahri — 2-3 ball, 526 km
Shu tariqa, Afg‘onistondagi seysmik faoliyat O‘zbekiston hududida ham sezilishi mamlakat aholisini ehtiyotkorlikka chorlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing