Farg‘ona viloyatida zilzila 2–3 ballgacha sezildi

Qirg‘iz Respublikasining Batken hududida 2026 yil 14 oktyabr kuni zilzila qayd etildi. Yer silkinishi soat 13:50:05 da sodir bo‘lgan.
Zilzilaning magnitudasi 3,4 ballni, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etgan. Epitsentr Qirg‘izistonning Batken hududida, 40,16 shimoliy kenglik va 71,82 sharqiy uzunlik koordinatalarida joylashgan.
Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 251 kilometrni tashkil etgan. Epitsentr poytaxtdan janubi-sharq tomonda joylashgan.
Yer silkinishlari O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida ham sezilgan. Xususan:
• Farg‘ona tumanida 2–3 ball, 18 kilometr;
• Quvasoy shahrida 2–3 ball, 20 kilometr;
• Farg‘ona shahrida 2 ball, 25 kilometr;
• Marg‘ilon shahrida 2 ball, 34 kilometr.
Zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki yetkazilgan zarar haqida ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…