Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning to‘rt hududida sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning to‘rt hududida sezildi

Bugun, 1 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Markaz xabar berishicha, yer qimirlashi soat 13:17 da sodir bo‘lgan. Qayd etilgan zilzilaning magnitudasi 4,3 ni tashkil etgan, o‘choq chuqurligi esa 10 kilometr bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epitsentri Toshkent shahriga nisbatan 333 kilometr shimoliy-sharqda, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududida joylashgan.

Zilzilaning geografik koordinatalari 41,39 daraja shimoliy kenglik va 73,2 daraja sharqiy uzunlik sifatida ko‘rsatilgan.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududining ayrim nuqtalarida 2 ball kuch bilan sezilgan.

Xususan, zilzila ta’siri quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Xonobod tumanida — 2 ball, epitsentrdan 68 kilometr;

  • Qo‘rg‘ontepa tumanida — 2 ball, 75 kilometr;

  • Paxtaobod tumanida — 2 ball, 80 kilometr;

  • Jalaquduq tumanida — 2 ball, 88 kilometr.

Shu tariqa, Qirg‘izistondagi yer silkinishi O‘zbekistonning mazkur to‘rt hududida yengil darajada sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni ham Qirg‘iziston hududida zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar