Oshdagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Oshdagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

15 sentyabr kuni ertalab Qirg‘iziston Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila O‘zbekistonning Andijon viloyatidagi ayrim hududlarda ham sezilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Zilzila soat 06:55:31 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 3,2 ball, chuqurligi 6 kilometrni tashkil etgan.

Zilzila epitsentri Qirg‘izistonning Osh hududida joylashgan. U Toshkentdan 334 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan. Epitsentr koordinatalari 40,81 shimoliy kenglik va 73,15 sharqiy uzunlikni tashkil qiladi.

O‘zbekiston hududida yer silkinishlari Xonobod tumanida 2–3 ball, epitsentrdan 14 kilometr masofada sezilgan.

Qo‘rg‘ontepa tumanida esa zilzilaning sezilish kuchi 2 ballni tashkil qilgan. Bu hudud epitsentrdan 24 kilometr masofada joylashgan.

Hozircha zilzila oqibatida vayronagarchilik yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot keltirilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar