20:31 / 07.05.2017
6 785

O‘zbekiston yo‘llarida avtotransport nazorati paydo bo‘ladi

O‘zbekiston yo‘llarida avtotransport nazorati paydo bo‘ladi
O‘zbekiston avtomobil va transport agentligi mamlakat yo‘llaridagi vaziyatni ham nazorat qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida avtomobilda tashuv xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish va o‘tkazish tartibi haqidagi Nizom loyihasi muhokamaga qo‘yilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

Avtoinspeksiya yirik yo‘lovchi va yuk tashish maskanlarida (temir yo‘l vokzallari va stansiyalari, daryo portlari, metropolitenning so‘nggi bekatlari, yo‘nalishlardagi so‘nggi va oraliq bekatlarda) amalga oshiriladi. Inspeksiya avtomobillariga «Avtotransport nazorati» yozuvi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi logotipi tushiriladi, ular qizil-ko‘k mayoq hamda ovozkuchaytirgichlar bilan jihozlanadi.

Agar avtoinspeksiya qonun buzilishi holatini aniqlasa, ikki nusxada bayonnoma tuzilib, bayonnomalardan biri haydovchiga, ikkinchisi esa tegishli boshqarmaga topshiriladi. Nazoratchi shaxsning imzosi uning shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi. Qoida buzgan shaxs bayonnomaning har ikki nusxasiga imzo qo‘yishi shart hisoblanadi. Bayonnomaga imzo chekish rad etilganida esa bu haqida tegishli yozuv kiritiladi.

Qonun buzilishi holati aniqlanmagan hollarda nazoratchi shaxs yo‘l varaqasiga (xorij avtotransport vositasi uchun ruxsatnoma blankasining orqa tomoniga) nazoratdan o‘tkazilgani haqidagi shtampni bosib, hisob yuritish va ro‘yxatga olish jurnallariga tegishli yozuvlarni qayd etadi.

Bosilgan shtamp tekshirilgan transport vositasining manzilga qadar qayta tekshiruvlarsiz borishi uchun asos bo‘ladi.

Inspeksiya xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida yo‘l harakati ishtirokchilariga aniq ko‘rinadigan va qoidabuzarlikni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini beradigan joyni tanlashi shart. Qorong‘u va ko‘rish cheklangan vaqtlarda nazoratchi yo‘lning yoritilgan qismida turishi hamda nurlanuvchi tayoqcha va nur qaytaruvchi libosda bo‘lishi lozim hisoblanadi.

Ishlab chiqilgan nizom quyidagi holatlarda ishlatilayotgan avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

Tabiiy ofat va uning oqibatlarini tugatishda yoki qutqaruv operasiyalarida;

O‘rganish uchun boshqarish paytida;

Shaxsiy maqsadlarda yo‘lovchilarni va yuklarni notijoriy tashishda;

Qurolli kuchlar, fuqaro mudofaasi bo‘linmalari, yong‘in o‘chirish va jamoat tartibini saqlash kuchlari bilan;

Foydalanishga topshirilmagan yangi yoki rekonstruksiya qilinayotgan transport vositasini puxta ishlash, ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish doirasida yo‘l sinovlarini o‘tkazishda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston yo‘llarida avtotransport nazorati paydo bo‘ladi