Shavkat Mirziyoyev Trampga o‘zbek milliy ayvonlaridan birini sovg‘a qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampga o‘zbek milliy uslubida ishlangan yog‘och ayvon sovg‘a qildi. Noodatiy sovg‘a kelajakda Vashingtondagi mashhur maskanlardan birida o‘rnatilishi kutilmoqda.
The New York Times xabariga ko‘ra, yog‘ochdan tayyorlangan va o‘zbek milliy naqshlari bilan bezatilgan ayvonlar Vashingtondagi West Potomac Park hududiga joylashtiriladi.
Ushbu inshootlar AQSHda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Milliy Amerika Qahramonlari bog‘i hududidan joy olishi kutilmoqda. Sovg‘aning o‘ziga xos jihati uning milliy bezaklarida. Yog‘och ayvonlarda o‘zbek me’morchiligiga xos naqsh va bezaklardan foydalanilgan.
Shu tariqa o‘zbek milliy hunarmandchiligi namunasi AQSH poytaxtidagi yangi loyihalardan birida namoyish etilishi mumkin. Milliy uslubdagi ayvonning AQSHdagi boqqa o‘rnatilishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda madaniy ramz sifatida ham qiziqish uyg‘otmoqda.































Izohlar 0
…