O‘zbekistonda hafta oxirida issiq yana kuchayadi

O‘zbekistonda joriy haftaning birinchi yarmida iqlimiy me’yorlarga yaqin, biroz issiq ob-havo kuzatiladi. Kunduz kunlari havo harorati 32–35 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Haftaning ikkinchi yarmida esa issiq yana biroz kuchayadi. Kunduzgi harorat 2–3 darajaga ko‘tarilib, aksariyat hududlarda 35–38 darajani, mamlakat janubida esa 39–40 darajani tashkil etadi.
Kechalari havo asosan 18–23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
24–28 avgust kunlari respublika hududida havo biroz bulutli, ayrim joylarda esa o‘zgaruvchan bo‘ladi. 24 avgust kuni Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 24 avgust kuni ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Toshkentda hafta davomida asosan biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmayapti.
Poytaxtda 24–26 avgust kunlari kunduzi havo 32–35 daraja, 27–28 avgust kunlari esa 35–37 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 18–21 daraja atrofida saqlanadi.
Toshkentda shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. 24 avgust kuni u 11–14 m/s gacha kuchayishi va shaharning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.






























Izohlar 0
…