Toshkentda bugun soat 20:00 dan havo sifati yomonlashishi kutilmoqda

14 oktyabr kuni Toshkentda kechqurun havo ifloslanishi kuchayishi prognoz qilinmoqda. Soat 19:00 dan keyin zararli zarrachalar miqdori ortib, 20:00–23:00 oralig‘ida havo sifati sezgir insonlar uchun nosog‘lom darajaga yetishi mumkin.
Prognozga ko‘ra, havo sifati indeksi (AQI) 100–150 oralig‘ida bo‘ladi. Bunday sharoit, ayniqsa, bolalar, keksalar hamda nafas yo‘llari va yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu sababli, kechqurun ushbu toifadagi kishilarga ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik va jismoniy faollikni cheklash tavsiya etiladi.






























Izohlar 0
…