3 609
Britaniya nashri nima uchun O‘zbekistonga sayohat qilish kerakligi haqida maqola e’lon qildi
Foto: Inews
Britaniyaning Inews nashrida nima uchun O‘zbekistonga sayohat qilish kerakligi haqidagi maqola chop etildi.
«O‘zbekiston 2020 yilda Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy shaharlari, ajoyib san’ati va ulug‘vor me’morchiligi bilan turistik ‘bum’ga tayyor. Ehtimol, siz boradigan joylar ro‘yxatida Markaziy Osiyo, yo‘qdir, lekin u yer sayohat qilish uchun ayni muddaodir», — deya boshlaydi Martin Kent o‘z maqolasini.
Maqolada O‘zbekiston jadal sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgani, mamlakatda Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy shaharlariga yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish uchun qator islohotlar amalga oshirilayotgani haqida so‘z yuritilgan.
«Tezyurar temir yo‘l xizmatlari yaxshilanib, yangi aviakompaniyalar parvoz qilayotgan bir paytda aksariyat fuqarolar, jumladan, britaniyaliklar uchun ham vizalar talab qilinmaydi. O‘zbekistonda 2017 yildan 2018 yilgacha sayyohlar soni ikki baravarga ko‘payib, 5,3 million kishiga yetdi», — deb yozadi muallif.
Foto: Inews
Shuningdek, poytaxt markaziga o‘rnatilgan Amir Temur haykali, uning yaqinida joylashgan «O‘zbekiston» mehmonxonasi tasvirlangan.
1977 yilda nozik did bilan qurilgan metro tarmog‘iga esa «suratkashlar orzusi» deya ta’rif berilgan. Metrodagi yo‘l haqi, diqqatga sazovor bekatlar ham nazardan chetda qolmagan.
Maqolada Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi