19:55 / 19.02.2025
2 068

Farhod Nishonov terma jamoamizning Eronga magʻlubiyatini qanday izohladi?

Farhod Nishonov terma jamoamizning Eronga magʻlubiyatini qanday izohladi?
Oʻzbekiston U20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Eronga qarshi bahsdan soʻng boʻlib oʻtgan bellashuv, chorak finaldagi raqib va Oʻrinboyevning zaxirada qoldirilishi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Bugun gʻalaba qozonmoqchi edik, biroq xatolarimiz tufayli magʻlub boʻldik. Bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik, shu sababli tarkibda oʻzgarishlar boʻldi. Oʻyin natijasidan koʻnglim toʻlmadi, bu oʻyinda gʻalaba qozonishni maqsad qilgandik.

Keyingi bosqichda bizga kim raqib boʻlishi ertaga ma'lum boʻladi. Ertaga raqibimiz kim boʻlishini bilgach, shunga qarab reja boʻyicha tayyorgarlik koʻramiz.

Oʻrinboyevda kichik jarohat bor edi va shu sababli asosiy tarkibda maydonga tushirmadik. Keyingi bosqichga qadar toʻliq tiklanishini reja qilgandik.

Eronga omad tilayman, yaxshi jamoa. Biz kutgandek qarshilik koʻrsatdi. Oʻzining imkoniyatini kutdi va undan foydalandi" - deya ta'rif berib oʻtdi Farhod Nishonov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport