Nodirbek Yakubboyev shaxmat turnirida chempion bo‘ldi

Nodirbek Yakubboyev shaxmat turnirida chempion bo‘ldi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboyev Praga shahrida o‘tkazilgan Prague International Chess Festival xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi.

U “Challengers” guruhida hech qanday mag‘lubiyatsiz ishtirok etib, 9 tur natijasida 7 ochko to‘pladi va musobaqa chempioniga aylandi. Final bahsida u daniyalik shaxmatchi Jonas Bjerre ustidan g‘alaba qozondi.

Bundan tashqari, ushbu muvaffaqiyat unga 2026-yilda “Masters” guruhida ishtirok etish yo‘llanmasini ham taqdim etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar