
Ro‘yxatdagi 11 futbolchidan 10 nafarining nomi «Arsenal» bilan bog‘lanadi. Ulardan qaysilari yozda futbolkasini almashtiradi?
Yevropaning top-klublari allaqachon yozgi transferlar oynasiga tayyorlanmoqda. Klublar rahbariyati kuchaytirish zarur bo‘lgan pozitsiyalarni belgilab olmoqda va nomzodlar short-listlarini tayyorlamoqda. Katta jamoalarga doimo forvardlar zarur. Va kelayotgan yozda futbol jamoatchiligi hujumchilar klubini o‘zgartirishi bilan bog‘liq bir qancha shov-shuvli transferlarga guvoh bo‘lishi tayin. Quyida – yozda top-klublar navbatda turishi kutilayotgan top-11 to‘purar haqida.
Aleksander Isak («Nyukasl»)
Yoshi: 25
Joriy mavsumdagi statistikasi: 33 o‘yinda 23+5
Amaldagi shartnomasi muddati: 2028 yil 30 iyun
Transfer bahosi: 100 mln yevro (Transfermarkt)

Foto: George Wood/Getty Images
Shvetsiyalik hujumchi yozdagi asosiy lotlardan biri. 25 yoshli forvard ayni kuchga to‘lgan davrida: Angliya chempionati to‘purarlar poygasida u 19 gol bilan uchinchi o‘rinda — Muhammad Saloh (25) va Erling Holanddan keyin (21). Ammo «Nyukasl» bilan APL va YECHL g‘olibligi uchun kurashish qiyin. Mart oyida «Nyukasl» bilan ilk sovrinini (Angliya ligasi kubogi) qo‘lga kiritgan Isak endi Yevropaning katta klublariga o‘tishga tayyor. Top klublar ham uni sotib olishga. Insayder Devid Ornshteyn Isak «Arsenal», «Liverpul», «Chelsi» va «Barselona» klublari da’vogar ekanini xabar qilgan. Ayniqsa, «to‘pchilar» unga anchadan buyon qiziqib bildirib keladi, jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta uning muxlisi hisoblanadi. Shu bilan birga, «Nyukasl» o‘zining eng yaxshi to‘purarini qo‘yib yuborishni istamaydi va 150 mln funtdan kam taklifni ko‘rib chiqmoqchi emas. Agar «qarg‘alar» YECHLning keyingi mavsumiga yo‘llanma qo‘lga kirita olmasa, futbolchini olib qolish amalda imkonsiz ish.
Viktor Dyokeresh («Sporting»)
Yoshi: 26
Joriy mavsumdagi statistikasi: 42 o‘yinda 42+11
Amaldagi shartnomasi muddati: 2028 yil 30 iyun
Transfer bahosi: 75 mln yevro

Foto: Gualter Fatia/Getty Images
Shvetsiya milliy jamoasining ikkinchi forvardi ham aqlbovar qilmas statistikaga ega. Dyokeresh har o‘yinga o‘rtacha bitta gol urgan. Portugaliya chempionati kuchsizroqligi hisobga olingan taqdirda ham, u Chempionlar ligasining sakkiz o‘yinida 6 ta gol urganini e’tiborga olish kerak. Shunday ekan, 26 yoshli forvardning qobiliyatiga shubha yo‘q. Qolaversa, u ikkinchi mavsumdirki kosmik statistika namoyish etmoqda.
The Athletic xabariga ko‘ra, forvard faqat muntazam ravishda Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klubga o‘tmoqchi. Shunday ekan, ayni vaqtda uning «Sporting»dagi sobiq ustozi Ruben Amorim boshqaruvidagi «Manchester Yunayted»ni ro‘yxatdan o‘chirish mumkin. Skandinaviyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar – «Arsenal». Nufuzli insayderlar londonliklar klubining yangi sport direktori Andrea Berta uning katta muxlisi ekani haqida xabar berishgan, «Arsenal» unga o‘tgan yil yozidan beri qiziqmoqda. Bild va Record.pt manbalari unga «Bavariya»dan jiddiy qiziqish mavjudligini xabar qilishgan. Shuningdek, yozda Dyokereshni o‘z safiga qo‘shib olishni istovchi jamoalar qatorida «Chelsi» (GiveMeSport ma’lumoti), «Manchester Siti» va «Barselona» (Florian Plettenberg xabari) kabi klublar turadi. «Sporting» futbolchisi bilan 70-75 mln yevro evaziga xayrlashishga tayyor.
Benyamin Sheshko («RB Leypsig»)
Yoshi: 21
Joriy mavsumdagi statistikasi: 37 o‘yinda 17+6
Amaldagi shartnomasi muddati: 2029 yil 30 iyun
Transfer bahosi: 65 mln yevro

Foto: GiveMeSport
Sloveniyalik yosh hujumchi APLga 2025 yil yanvaridayoq kelishi mumkin edi. Ammo «RB Leypsig» Sheshkoni «Arsenal»ga qo‘yib yubormadi. Lekin nemislar jamoasida Benyaminni yaxshigina summaga sotish uchun yozda ham yetarlicha variantlar bo‘ladi. Ulkan gabaritli (bo‘yi 193 sm) forvard ajoyib texnika va yuqori tezlikka ega. Bu esa top-klublar uchun ideal uyg‘unlik bo‘lishi mumkin.
The Athletic «Arsenal»ning Sheshkoga qiziqishi saqlanib qolayotganini xabar qilgan. Shuningdek, ushbu forvardni «Manchester Yunayted» ham ko‘z ostiga olgan. Sloveniyalikning o‘yin uslubi ushbu jamoa ustozi Ruben Amorimni o‘ziga mahliyo qilgan. Shuningdek, Benyamin «Chelsi» (GiveMeSport ma’lumoti) va «Bavariya» (Bild) klublarining ham short-listiga kirgan. Myunxendagilar hozircha Sheshko va Dyokereshdan qaysi birini tanlash ustida o‘ylanmoqda.
Jonatan Devid («Lill»)
Yoshi: 25
Joriy mavsumdagi statistikasi: 42 o‘yinda 23+10
Amaldagi shartnomasi muddati: 2025 yil 30 iyun
Transfer bahosi: 45 mln yevro

Foto: Christof Koepsel/Getty Images
Devid yozda erkin agent sifatida «Lill»ni tark etadi. Kanadalik hujumchining shartnomasi 2025 yil iyuniga qadar tuzilgan, futbolchi klubning shartnomani yangilash bo‘yicha so‘nggi taklifini ham rad etdi. Transfermarkt Jonatanning transfer bahosini 45 mln yevroga baholagan, «Lill» esa bu pullarga ega chiqa olmaydi.
Hozircha top-klublar Devidga katta qiziqish bildirayotgani yo‘q. 2024 yil noyabrda Mundo Deportivo forvard «Barselona»ga o‘tishni istashi haqida yozgandi. Insayderlar so‘nggi vaqtlarda «Vest Hem» va «Arsenal» tomonidan qiziqish mavjudligi haqida yozishgan. Shuningdek, Jonatanda erkin agentlarni o‘z safiga jalb etib keladigan «Inter» varianti bor. Yoz yaqinlashishi bilan unga qiziquvchi jamoalar safi kengayib borishi tayin.
Olli Uotkins («Aston Villa»)
Yoshi: 29
Joriy mavsumdagi statistikasi: 42 o‘yinda 14+12
Amaldagi shartnomasi muddati: 2028 yil 30 iyun
Transfer bahosi: 50 mln yevro

Foto: Gareth Copley/Getty Images
Uotkins – «Aston Villa»ning muhim futbolchisi. U nafaqat «to‘qqizlik» sifatida, balki vaziyatlar yaratuvchi sifatida ham ajoyib. Joriy mavsum davomidagi 12 assist buni tasdiqlaydi. Ammo yoshi tufayli 2025 yil yozi Olli top-klubga transfer bo‘lishi uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin. Yanvarda «Arsenal» uni olishga jiddiy harakat qildi, ammo uning transfer narxi londonliklarni ortga qaytardi. Boshqa bir hujumchisi Duranni Saudiyaga katta pulga sotgan «Aston Villa» shundan keyin ingliz hujumchisi uchun 80 mln funt talab qilgandi. Yozda klublar yana savdolashib ko‘rishi mumkin.
Liam Delap («Ipsvich Taun»)
Yoshi: 22
Joriy mavsumdagi statistikasi: 31 o‘yinda 10+2
Amaldagi shartnomasi muddati: 2029 yil 30 iyun
Transfer narxi: 35 mln yevro

Foto: Michael Regan/Getty Images
Ushbu ro‘yxatda nomi «Arsenal» bilan bog‘lanmayotgan yagona futbolchi bo‘lib turgan Liam Delap – «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimida 2019 yildan boshlab o‘ynagan. 2024 yil yozida Liam APLga qaytgan «Ipsvich» klubi safiga o‘tgandi. Va birinchi mavsumdayoq autsayder jamoa safida yaqqol ajralib turibdi. Delap 26 turda 10 gol urishga erishdi va «Ipsvich» hamon elitada qolish uchun kurashishini ta’minlamoqda.
Ammo yozda Liam Manchesterga qaytishi mumkin. Faqat «Siti» emas, «MYU»ga. Ushbu klub Delapga qiziqayotgani haqida The Athletic xabar bergan. 21 yoshli forvardga «Chelsi» va «Tottenhem»dan ham qiziqish mavjud (Caught Offside ma’lumoti). Shunday ekan, «Ipsvich» joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, chempionshipga tushib ketsa ham, Liam katta ehtimol bilan keyingi mavsumda ham APLda o‘ynaydi.
Dushan Vlahovich («Yuventus»)
Yoshi: 25
Joriy mavsumdagi statistikasi: 35 o‘yinda 14+3
Amaldagi shartnomasi muddati: 2026 yil 30 iyun
Transfer narxi: 45 mln yevro

Foto: Valerio Pennicino/Getty Images
«Yuventus» fransiyalik forvard Randal Kolo Muanini ijaraga olgach, Vlahovich zaxirada qolib ketmoqda. OAV bir yilcha oldin ushbu serbiyalik tez orada boshqa chempionatga o‘tishi haqida xabar tarqatishni boshlagandi. Masalan, yanvarda unga «Arsenal»dan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar berilgandi. La Gazzetta dello Sport yaqinda Dushanning «Yuve» bosh murabbiyi Tiyago Motta bilan munosabatlari yaxshi emasligi haqida yozgandi. Ammo shundan ko‘p o‘tmay ushbu mutaxassis iste’foga chiqarildi va futbolchi endi fikrini o‘zgartirishi ham mumkin.
Insayder Nikolo Skira «Yuventus» Dushan uchun 25-30 mln yevro atrofida mablag‘ so‘rashini xabar qilgan. Shartnomasi yakuniga bir yil qolgan futbolchi uchun o‘rtacha narx. Caught Offside ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga hamon «Arsenal»dan qiziqish mavjud. Shuningdek, «Manchester Yunayted» ham unga bee’tibor emas.
Moyze Kin («Fiorentina»)
Yoshi: 25
Joriy mavsumdagi statistikasi: 35 o‘yinda 21+3
Amaldagi shartnomasi muddati: 2029 yil 30 iyun
Transfer narxi: 40 mln yevro

Foto: Alessandro Sabattini/Getty Images
Moyze Kin faoliyatini «Fiorentina»da qaytadan tikladi. Dastlab «Yuventus»da porlagan va keyin «Everton»ga yo‘l olgan hujumchining ishlari APLda yurishmadi, forvard sobiq jamoasida ham oldingidek o‘ynab keta olmadi. O‘tgan yil yozida Florensiyaga o‘tgach, A seriyaning joriy mavsumida 27 o‘yinda 16 gol urishga erishdi. Endi 25 yoshli futbolchiga «Arsenal» qiziqmoqda. Londonliklar yozda ushbu markaziy forvard uchun ham kurashda bo‘ladi.
Caught Offside xabariga ko‘ra, yozda futbolchining shartnomasidagi 52 mln yevrolik badal puli bo‘yicha band ishga tushadi, shuncha miqdordagi taklif kelganda klub uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. «Arsenal» shunday summani to‘lashga qaror qiladimi? Shuningdek, futbolchi uchun Angliyaning «Tottenhem» va «Aston Villa» klublari ham raqobatlashadi.
Viktor Osimhen («Napoli», «Galatasaroy»da ijara asosida o‘ynamoqda)
Yoshi: 26
Joriy mavsumdagi statistikasi: 31 o‘yinda 26+5
Amaldagi shartnomasi muddati: 2026 yil 30 iyun
Transfer narxi: 70 mln yevro

Foto: Ahmad Mora/Getty Images
Viktor Osimhen joriy mavsumni ijara asosida «Galatasaroy»da o‘tkazmoqda. Ammo nigeriyalik hujumchining transfer huquqi «Napoli»ga tegishli hisoblanadi va mavsum yakunida u Italiyaga qaytadi. U klubni 2024 yil yozida tark etishga harakat qilgandi, ammo neapolitanliklar shartnoma shartlari bo‘yicha «Chelsi» bilan kelisha olmadi. Yakunda «Napoli» va Osimhen o‘rtasidagi munosabatlar buzildi. Shu tufayli, Viktor baribir jamoada qola olmaydi.
Bir necha yil oldin, u «Napoli»da kuchli mavsum o‘tkazayotganida «Chelsi»dan tashqari «Arsenal» ham ushbu futbolchini sotib olishga harakat qilgandi, jarohatlar tufayli hujum chizig‘ida muammolar yuzaga kelgani tufayli klub rahbariyati hozir ham uning nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin. Amalda esa Osimhen uchun ikki asosiy da’vogar bor – «Manchester Yunayted» va «Yuventus». Ammo italyanlar endi asosiy e’tiborini yaxshi o‘ynab ketgan Randal Kolo Muanining shartnomasini sotib olishga qaratmoqda. Shunday ekan, «MYU» nigeriyalik hujumchi uchun birinchi raqamli variant bo‘ladi. Business Day «Napoli» va mankunianliklar o‘rtasida kelishuv 95 foizga hal bo‘lgani haqida yozgan. Ingliz klubi Osimhen uchun 70 mln yevro to‘lamoqchi. Calciomercato esa boshqacharoq ma’lumot keltirgan: «MYU» Viktor uchun 40 mln yevro to‘lab, «Napoli»ga Rasmus Hoylundni beradi. Hozircha yakuniy kelishuv haqida gapirishga erta, yoz boshlanganida ko‘p narsa oydinlashadi.
Mateo Retegi («Atalanta»)
Yoshi: 25
Joriy mavsumdagi statistikasi: 41 o‘yinda 25+5
Amaldagi shartnomasi muddati: 2028 yil 30 iyun
Transfer narxi: 45 mln yevro

Foto: Getty Images
Argentinada tug‘ilgan va Italiya fuqaroligini olib, ushbu mamlakat milliy jamoasida hujumchilar tanqisligi muammosini yopayotgan hujumchi klublar miqyosida yangi darajaga chiqish vaqti keldi. Gasperini boshqaruvidagi «Atalanta»ning yulduzlik onlari so‘nib bormoqda, Retegiga esa kuchliroq chempionatdan qiziqish mavjud. Caught Offside ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» va «Manchester Yunayted» ushbu futbolchini kuzatib bormoqda. Bergamoliklar ayni vaqtda 22 gol (plyus 4 ta golli pas) bilan A seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan hujumchisi uchun 60 mln yevro so‘raydi.
Mika Biyeret («Monako»)
Yoshi: 22
Joriy mavsumdagi statistikasi: 25 o‘yinda 14+5 («Shturm» safida); 13 o‘yinda 12+3 («Monako»da)
Amaldagi shartnomasi muddati: 2029 yil 30 iyun
Transfer narxi: 25 mln yevro

Foto: Michel Euler/AP/TASS
Ushbu futbolchi o‘z vaqtida «Arsenal»ning turli yosh toifasidagi jamoalarida to‘p surgan, 2024 yil yozida Avstriyaning «Shturm» klubiga 7 mln yevroga sotib yuborilgandi. Ikki yil oldin ham Mika Biyeret faqat Avstriyadagilar va skautlar uchun tanish edi. Ammo o‘tgan qisqa vaqt ichida 22 yoshli forvard chinakamiga ochildi. Yanvarda «Monako» uni 13 mln yevroga xarid qildi. Daniyalik futbolchi kuchliroq chempionatga o‘tganidan keyin ham ajoyib statistika ko‘rsatishda davomdi: 11 o‘yin, 12 gol va uch assist. Biyeret o‘zini Keyn va Holandga qiyoslaydi. Hozircha unga jiddiy qiziqish bildirayotgan klublar haqida ma’lumot yo‘q. Ammo agar forvard shu tempda gol urishda davom etadigan bo‘lsa, uning xizmatidan foydalanishni istovchi klublar navbati paydo bo‘lishi mumkin. Balki «Arsenal» xatosini tuzatishni istab qolar? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar