date

Futbol hakami o‘yin vaqtida hibsga olindi

Futbol hakami o‘yin vaqtida hibsga olindi
Joriy yilning 22 iyun kuni Braziliyaning San-Paulu shtatining qirg‘oqbo‘yi shahri Guarujada havaskorlar o‘rtasidagi futbol uchrashuvini boshqarayotgan paytda giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan hakam qo‘lga olindi. Bu haqda CNN Brasil xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, politsiya 38 yoshli Ederson Karlos Da Silvani hibsga olish arafasida u o‘yinchi tomon yugurib borib, unga sariq kartochka ko‘rsatayotgan bo‘lgan. Hakam maydon chetiga orqa o‘girgan paytda, zirhli kiyimdagi politsiyachilar maydonga bostirib kirgan.

Guaruja shahri fuqarolik politsiyasi rahbari Glaukus Silva Braziliyaning G1 nashriga bergan intervyusida Da Silvani ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi tufayli izlab topganini ma’lum qilgan.

“U ijtimoiy hayoti juda faolligi bilan ajralib turadigan inson, shuning uchun u allaqachon kuzatuvimizda edi”, dedi Glaukus.

Hibsga olish mahalliy narkotrafik tarmog‘i faoliyatini tergov qilish doirasida amalga oshirilgan. Ushbu guruh 2024 yilning noyabrida 450 kilogramm kokain ortilgan yuk mashinasi qo‘lga olinganidan keyin huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tushgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Da Silva butun San-Paulu shtatiga kokain yetkazib beruvchi tarmoq logistikasini tashkil qilishda gumon qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol hakami o‘yin vaqtida hibsga olindi
-->