Goncharenkoning Belarus terma jamoasidagi maoshi ma'lum bo'ldi

Goncharenkoning Belarus terma jamoasidagi maoshi ma'lum bo'ldi
Moskvaning CSKA klubini avval boshqargan Viktor Goncharenko Belarus milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishga yaqin turibdi. Tomonlar 2027 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasi shartlarini kelishib olgan.

Insayder Ivan Karpov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berishicha, 48 yoshli mutaxassisning terma jamoadagi oylik maoshi 20 ming yevroni tashkil etadi. Goncharenkoning so'nggi ish joyi «Pari NN» bo'lgan, u klubni 2025 yil yozida tark etgan.

Belaruslik murabbiy, shuningdek, «Krasnodar», CSKA, «Kuban», «Ural», «Ufa» hamda BATE jamoalaridagi faoliyati bilan ham tanilgan. Eslatib o'tamiz, avvalroq Aleksandr Kulchiy Goncharenkoni Belarus terma jamoasi uchun eng maqbul nomzod deb atagandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar