Eldor Shomurodov assist berdi Istanbul Bashakshehir Kayserispor ustidan yirik g'alaba qozondi

Eldor Shomurodov assist berdi Istanbul Bashakshehir Kayserispor ustidan yirik g'alaba qozondi

Turkiya chempionatining 19-turida O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov samarali pas muallifiga aylandi. Uning jamoasi — Istanbul Bashakshehir — Kayserisporni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi — Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev tushdi. Fayzullayev 81-daqiqada almashtirildi.

Hisob 35-daqiqada Devie Selke tomonidan penaltidan ochildi. 67-daqiqada esa Ramazan Chivelek o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi. Yakuniy 3-golni Nuno Da Kosta Shomurodovning aniq uzatmasidan so'ng urdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Mushtariy
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar