Turkiyada ayolini pichoqlab o‘ldirgan o‘zbekistonlikka umrbod qamoq jazosi so‘raldi

1 daqiqa o'qish270
Turkiyada ayolini pichoqlab o‘ldirgan o‘zbekistonlikka umrbod qamoq jazosi so‘raldi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi Nigina Sattorovaning ko‘cha o‘rtasida halok bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi. Prokuratura ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan uning turmush o‘rtog‘i Umid Sattorovga nisbatan og‘irlashtirilgan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llashni so‘radi. Bu haqda Turkiyaning mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Shu bilan birga, davlat ayblovchisi qotillikni amalga oshirgan shaxsga ko‘maklashgani aniqlangan ikkinchi gumonlanuvchi — O‘rinboy Botirbekovga nisbatan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini talab qilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning 17 avgust kuni Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p yashaydigan megapolisi — Istanbul shahrining Umraniya tumanida 33 yoshli Nigina Sattorova turmush o‘rtog‘i Umid Sattorov tomonidan bo‘g‘ziga pichoq urilgan holda o‘ldirilgan. Marhuma Samarqand viloyatidan bo‘lib, Istanbulda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fojia rashk sabab kelib chiqqan oilaviy janjal oqibatida sodir bo‘lgan.

Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida gumondor 2025 yil 18 avgust kuni, ya’ni voqeadan bir kun o‘tgach, Umraniya hududida qo‘lga olingan. Shuningdek, jinoyatchini yashirishga yordam berganlikda gumon qilingan, asli Jizzax viloyatidan bo‘lgan O‘rinboy Botirbekov ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Surishtiruv ishlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng, 19 avgust kuni gumonlanuvchilarga nisbatan sud qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?