Karpin Golovinga maslahati hazil va kinoya edi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga «Real»ga qarshi o'yin oldidan maslahat bergani haqidagi gaplariga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, 20 yanvar kuni «Monako» Yevropa Chempionlar ligasida Madridda «Real»ga 1:6 hisobida yutqazgandi. Uchrashuv arafasida Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratini joylab, unga bir nechta maslahat berganini aytgandi.
«Golovinning o'yinini stadionda tomosha qildim, afsuski, natija muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Unga aytgan “maslahatlarim” hazil va kinoya edi. Men unga nima ham dey olardim? Buning uchun murabbiy bor», — deydi Karpin.
Golovin joriy mavsum Fransiya Ligasining 13 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!