Inter Dinamodan yosh himoyachi Leon Yakirovichni sotib oldi

18 yoshli xorvatiyalik himoyachi Leon Yakirovich Zagrebning «Dinamo» klubidan Italiya chempionatiga yoʻl oldi. Istiqbolli futbolchi endi Milaning «Inter» jamoasi safida toʻp suradi, bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakirovich «neradzurrilar» bilan 2030 yilgacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Transfermarkt maʼlumotiga ko‘ra, bitim qiymati 2,5 million yevroga baholanmoqda. Yangi futbolchi dastlab «Inter»ning yoshlar jamoasida maydonga tushadi.
«Inter» A Seriyaning joriy mavsumida peshqadamlik qilmoqda. 22 turdan keyin Milan klubi 52 ochko jamgʻargan va eng yaqin taʼqibchisini besh ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing