Real Arbeloadan uzoq muddatli yechim sifatida foydalanmoqchi emas

Madridning «Real» klubida Alvaro Arbeloaning bosh murabbiy sifatidagi kelajagi borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Mario Kortegananing ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati Arbeloni uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rmayapti. Manbaga tayanilsa, mavsum yakunida «Real» yangi mutaxassis tayinlashi ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa Xabi Alonso ishdan bo‘shatilganidan keyin jamoani qabul qilib olgandi. Alonso Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazgach, lavozimini tark etgan.
La Ligada «Real» 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Qaymoqranglilar» yetakchi «Barselona»dan atigi bir ochkoga ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing