date

Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emas dedi

Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emas dedi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijdagi davrida yulduz futbolchilar bilan ishlash qanchalik murakkab ekanini esladi. U argentinalik mutaxassis qo‘l ostida hujum chizig‘ida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi birga to‘p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettinoning aytishicha, bunday darajadagi futbolchilar bilan ishlaganda ularning ta’siri ba’zan klub miqyosidan ham kattaroq bo‘lib ketadi. Murabbiy Messidan doimiy pressing kutish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi: uning fikricha, Messi hech qachon pressingga tayangan uslubda o‘ynamagan, hatto Gvardiola davridagi eng zo‘r yillarida ham.

Mutaxassis shuningdek, natija bo‘lmaganda ko‘pincha mas’uliyat baribir murabbiy zimmasiga tushishini qo‘shimcha qildi.

Hozir Maurisio Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. OAVda esa yozda u yana “Tottenhem”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emas dedi