date

Kompani Borussiya haqida emas Ayntarxtni yengish muhim

Kompani Borussiya haqida emas Ayntarxtni yengish muhim

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani «Ayntarxt»ga qarshi o'yin arafasida jamoasining to'rt futbolchisi sariq kartochkalar bo'yicha xavfli chegara yaqinida turgani fonida «Borussiya» (Dortmund) bilan bo'ladigan uchrashuv xayolida yo'qligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, hozir barcha e'tibor faqat Frankfurt klubiga qarshi bahsga qaratilgan. «Sariq kartochkalar bilan bog'liq vaziyatdan xabardormiz, biroq hammasini oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Hozir eng muhimi — «Ayntarxt»ni yutish», — dedi Kompani.

Bundesliganing 23-turi doirasidagi «Bavariya» — «Ayntarxt» uchrashuvi 21 fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi. O'yin 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

«Bavariya»ning navbatdagi o'yini — Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahs 28 fevralga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Borussiya haqida emas Ayntarxtni yengish muhim