date

Ronaldu yirik g'alabadan so'ng fikr bildirdi va dubl qayd etdi

Ronaldu yirik g'alabadan so'ng fikr bildirdi va dubl qayd etdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al-Hazm"ga qarshi 4:0 hisobidagi yirik g'alabadan keyin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik yulduz uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida yana birinchi o'ringa qaytishiga katta hissa qo'shdi.

"Hammasi avvalgidek bo'ldi. Biz qaytdik, to'g'ri yo'ldamiz va o'zimizga ishonchimiz baland, hammasi joyida. Maqsad sari qadam-baqadam ketyapmiz. Hozir yaxshi formadamiz, keyin nima bo'lishini ko'ramiz", — deya Ronaldu so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

22-turdan so'ng "Al-Nasr" 55 ochko bilan Saudiya ligasida peshqadam bo'lib turibdi va "Al-Hilol"ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. 25 fevral kuni Jorje Jezush jamoasi safarda "Al-Najma"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yirik g'alabadan so'ng fikr bildirdi va dubl qayd etdi