Sinama-Pongol Safonovning PSJdagi o'yinini maqtadi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «PSJ» safidagi o'yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Veteran futbolchi Rossiya chempionatini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov Fransiya va umuman Yevropada doimo e'tibor markazida ekanini ta'kidladi.
«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi chiqish qilmoqda. «PSJ»dagi Safonov ham o'z ishini juda sifatli bajaryapti», — deya uning so'zlarini RIA Novosti keltirdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar tarkibida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u darvozasiga yo‘llangan 7 penaltidan 5 tasini qaytardi.
Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to‘ldi. Klub darvozabonni tug‘ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!