date

Sina­ma-Pon­gol Safonovning PSJdagi o'yinini maqtadi

Sina­ma-Pon­gol Safonovning PSJdagi o'yinini maqtadi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol PSJ safida to'p surayotgan rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning o'yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Veteran futbolchi Rossiya chempionatini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov Fransiya va umuman Yevropada ko'zga tashlanayotganini ta'kidladi.

«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etyapti. PSJdagi Safonov ham o'z ishini sifatli bajaryapti», — deya uning so'zlarini keltiradi RIA Novosti.

2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, u o'z darvozasiga belgilangan 7 penaltidan 5 tasini qaytardi.

Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to'ldi. Klub darvozabonni tug'ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sina­ma-Pon­gol Safonovning PSJdagi o'yinini maqtadi