CIES dunyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingini e’lon qildi

Jahon futboli ixlosmandlari va transfer bozori qiymatlarini diqqat bilan kuzatib boruvchi sport muxlislari uchun haqiqiy shov-shuvli ma’lumot taqdim etildi. Nufuzli Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) sayyoramizning ayni paytdagi eng qimmatbaho 100 nafar futbolchisidan iborat yangi reytingni shakllantirdi. Mazkur ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini egallab turgan yulduzning transfer bahosi futbol olamini hayratga solmoqda.
Lamin Yamal — dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi!
Reytingning mutlaq yetakchisi sifatida Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya milliy terma jamoasi vingeri Lamin Yamal e’tirof etildi. Bor-yo‘g‘i 18 yoshni qarshilagan ushbu fenomenal iqtidor egasining transfer bahosi naq 358,1 million yevroga teng deb topildi. U ushbu ko‘rsatkich bilan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland va Madridning «Real» klubi yulduzi Kilian Mbappeni ham ancha ortda qoldirib ketdi.
Jahon futbolining eng qimmat TOP-20 yulduzi
CIES tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, sayyoramizning eng qimmat 20 nafar futbolchisi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Lamin Yamal («Barselona») – 358,1 mln yevro
Erling Xoland («Manchester Siti») – 227,3 mln yevro
Kilian Mbappe («Real Madrid») – 165,7 mln yevro
Maykl Olise («Bavariya») – 140,5 mln yevro
Morgan Rodjers («Aston Villa») – 136,8 mln yevro
Dezire Due («PSJ») – 133,2 mln yevro
Kenan Yildiz («Yuventus») – 133 mln yevro
Niko O'Rayli («Manchester Siti») – 125 mln yevro
Arda Gyuler («Real Madrid») – 124,8 mln yevro
Pau Kubarsi («Barselona») – 124,6 mln yevro
Florian Virts («Liverpul») – 124,1 mln yevro
Pedri («Barselona») – 120,6 mln yevro
Jud Bellinghem («Real Madrid») – 120,3 mln yevro
Yan Diomande («RB Leypsig») – 118,7 mln yevro
Ugo Ekitike («Liverpul») – 118,3 mln yevro
Joau Nevesh («PSJ») – 117,1 mln yevro
Fermin Lopes («Barselona») – 115,9 mln yevro
Estevao («Chelsi») – 113,4 mln yevro
Din Xeysen («Real Madrid») – 112 mln yevro
Bukayo Saka («Arsenal») – 111,2 mln yevro
Ro‘yxatdagi boshqa kutilmagan natijalar
Mazkur reytingda kuchli yigirmatalikdan tashqarida ham bir qator mashhur nomlar joy olgan. Xususan, «Chelsi» yetakchisi Koul Palmer 110,6 mln yevro bilan 21-o‘rinni band etgan bo‘lsa, «Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvares 109,6 mln yevro qiymat bilan 22-pog‘onadan joy oldi.
Kutilmagan pasayish: Fransiyaning «PSJ» klubi sharafini himoya qilayotgan Xvicha Kvaratsxeliya 100,9 mln yevro bilan reytingda 26-o‘rinni egalladi. Muxlislar uchun eng kutilmagan holat esa Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior bilan bog‘liq bo‘ldi — u 83,8 mln yevrolik ko‘rsatkich bilan ro‘yxatning bor-yo‘g‘i 50-qatoriga joylasha oldi.
Yevropa futbolining eng so‘nggi tahlillari, transfer bozoridagi narx-navo o‘zgarishlari va sevimli jamoalaringiz hayotiga oid qiziqarli yangiliklarni har doim Zamin sahifalarida biz bilan birgalikda kuzatib boring!





























Izohlar 0
…