Peres va Rikelme klub rahbarligi uchun kurashmoqda

Peres va Rikelme klub rahbarligi uchun kurashmoqda

Bugun «Real Madrid» klubi prezidentligi uchun saylov o‘tkazilmoqda.

Ovoz berish jarayonida ikki nomzod — Florentino Peres va Enrike Rikelme o‘zaro raqobat qilmoqda. Saylovoldi kampaniyasi davomida har ikki nomzod ham klub kelajagiga oid yirik rejalarini e’lon qildi.

Florentino Peres g‘alaba qozongan taqdirda, Joze Mourinyoni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, u Maykl Olise va Vitinya kabi futbolchilarni jalb qilish orqali tarkibni kuchaytirishga va’da bergan.

Enrike Rikelme esa saylovda g‘alaba qozonsa, Yurgen Kloppni bosh murabbiy sifatida olib kelishini bildirgan.

Uning dasturida, shuningdek, hujum chizig‘ini Erling Xoland bilan kuchaytirish rejasi ham mavjud.

Qayd etilishicha, Florentino Peres avvalgi saylovlarda hozirgidek kuchli bosimga duch kelmagan.

So‘nggi ikki yilda jamoaning sovrinsiz qolishi, Xabi Alonsoning iste’fosi, klub ichidagi muhit hamda futbolchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar uning muxlislar orasidagi obro‘siga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Saylovning yakuniy natijalari ertaga e’lon qilinishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar