O‘zbekiston va Kongo bahsi oldidan Kannavaro rejalarini aytdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoa sardori Eldor Shomurodov Kongoga qarshi jahon chempionati guruh bosqichining hal qiluvchi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kannavaro raqib jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlanganini aytdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston terma jamoasi natija uchun kurashishga tayyor ekanini va maydonga g‘alaba maqsadida chiqishini bildirdi.
Bosh murabbiy jahon chempionatida ishtirok etish futbolchilar uchun katta tajriba maktabi ekanini qayd etdi. Uning fikricha, o‘yinchilar ortiqcha bosimsiz, xotirjam va o‘z imkoniyatlariga ishongan holda harakat qilishi kerak.
Kannavaro ikkinchi uchrashuvda darvozabon almashtirilganiga ham izoh berdi. U bu qaror murabbiylar shtabidagi barcha futbolchilarga imkoniyat berish istagi bilan bog‘liq bo‘lganini aytdi.
Murabbiy O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishini mamlakatda bolalar futbol akademiyalari bosqichma-bosqich rivojlantirilgani bilan izohladi.
Eldor Shomurodov esa musobaqadagi birinchi goldan keyin endi asosiy maqsad birinchi g‘alabani qo‘lga kiritish ekanini ta’kidladi. Sardor hujumga intilish himoyani unutib qo‘yish degani emasligini aytdi.
«Gol urishga harakat qilish himoyani unutish mumkin degani emas. Intizomli o‘yin muhim», dedi Eldor Shomurodov.































Izohlar 0
…