Ra’no Yarasheva: “Oilaga tayyor bo‘lmagan qiz 29 yoshda ham tayyor bo‘lmaydi” (video)

Aktrisa Ra’no Yarasheva “Mening oshxonam” dasturida mehmon bo‘lib, 17 yoshida turmush qurgani hamda oilaviy hayot haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat davomida boshlovchi aktrisadan: “17 yoshda turmush qurish juda erta emasmi? O‘sha paytda uy-ro‘zg‘or va oilaviy hayotga tayyor bo‘lganmisiz?” deya so‘radi.
Ra’no Yarashevaning aytishicha, oilaviy hayotga tayyorgarlik faqat yosh bilan belgilanmaydi.
“Bilasizmi, oilaga tayyor bo‘lmagan qiz 29 yoshga kirsa ham tayyor bo‘lmaydi. Lekin bu bilan men 17 yoshda turmushga chiqish kerak, demoqchi emasman. Biz Samarqandning Kattaqo‘rg‘onidanmiz. Ota-onamiz hurmatli insonlar bo‘lgani uchun sovchilarimiz ko‘p bo‘lardi. Men ham, singillarim ham 17–18 yoshimizda turmushga chiqqanmiz. Keyinchalik o‘qishni davom ettirib, oliy ta’limni tamomlaganmiz”, — dedi aktrisa.
Shuningdek, u turmushga chiqqan paytda ro‘zg‘or ishlarini mukammal bilmaganini ham yashirmadi.
“To‘g‘risi, men unchalik ro‘zg‘orga tayyor emasdim, lekin gapga usta edim. Tushgan xonadonimdagilar juda yaxshi insonlar edi. Qaynonam ham mehribon va pazanda ayol bo‘lgan. Yonlarida yordam berib tursam ham xursand bo‘lardilar. Non yopganlarida xamir qorib berardim”, — deya xotiralarini bo‘lishdi aktrisa.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, foydalanuvchilar aktrisaning fikrlariga turlicha munosabat bildirmoqda.






























Izohlar 0
…