Vozinya: «Messi menga gol urmasligi uchun borimni beraman»

1 daqiqa o'qish277
Vozinya: «Messi menga gol urmasligi uchun borimni beraman»

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinya 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Argentinaga qarshi bo‘ladigan muhim uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tajribali posbon Argentina sardori Lionel Messini futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchi deb atadi. Shu bilan birga, u mashhur hujumchini to‘xtatish uchun maydonda bor kuchini ishga solishini ta’kidladi.

«Messi — barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi. Unga qarshi maydonga tushish kerak bo‘lsa, har qanday jamoa hayajonga tushadi», — dedi Vozinya.

Darvozabon Messi bilan bir maydonda o‘ynashni katta orzu va faxr deb atadi.

«Messining o‘zi bilan bir maydonni bo‘lishish — orzu. Bir kuni bolalarimga unga qarshi o‘ynaganimni faxr bilan aytaman», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shunga qaramay, Vozinya maydonda raqibga hech qanday yon berish bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Uni to‘xtatish deyarli imkonsiz ekanini bilaman. Lekin Messi menga gol urmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman, borimni beraman», — deya uning so‘zlarini keltirdi Goal Verse nashri.

Argentina «J» guruhini birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Kabo-Verde esa «H» guruhida ikkinchi pog‘onani egallab, Urugvayni ortda qoldirdi.

Argentina va Kabo-Verde o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuvi 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?