O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun bilan cheklash taklif qilinmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
Vazir E’zozxon Karimova o‘quvchilarning raqamli muhitdagi xatti-harakatlari ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarda amal qilayotgan ichki qoidalar va telefondan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar kutilgan natijani bermayapti.
Taklif etilayotgan hujjat orqali bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi uchun aniq talablar belgilash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, o‘quvchilarda texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish madaniyatini shakllantirish maqsad qilingan.
Qonun loyihasi tayyorlangach, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Hozircha cheklovlarning aniq tartibi, qaysi platformalarni qamrab olishi va nazorat mexanizmi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…