Abduqodir Husanov qancha daromad qilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov nufuzli Forbes Sport nashri tomonidan tuzilgan eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingiga kiritildi. Jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilar orasida 38-o‘rinni egallagan hamyurtimiz ushbu ro‘yxatdagi yagona o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Husanovning yillik daromadi 6 butun o'ndan 2 million dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘ning asosiy qismi maosh va futbol faoliyatidan, qolgani esa reklama shartnomalari hamda shaxsiy tijorat loyihalari, jumladan, AK45 energetik ichimligidan keladi. Reytingning yuqori pog‘onalarida esa Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Kilian Mbappe kabi jahon futboli yulduzlari qayd etilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov «Forbes Sport» tuzgan eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingiga kirdi.
2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan 48 ta terma jamoa futbolchilari o‘rtasida tuzilgan ro‘yxatda Husanov 38-o‘rinni egalladi. U reytingdan joy olgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.
Nashr hisob-kitobiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning bir yillik umumiy daromadi 6,2 million dollarni tashkil etadi. Shundan 5 million dollari maosh va futbol faoliyatidan tushadi. Qolgan 1,2 million dollar reklama shartnomalari, tijorat loyihalari va boshqa daromad manbalari hisobiga to‘g‘ri keladi.
«Forbes Sport» ma’lumotida Husanovning asosiy hamkorlaridan biri «Puma» kompaniyasi ekani qayd etilgan. Reytingni shakllantirishda futbolchining 2025 yilda yo‘lga qo‘ygan «AK45» energetik ichimlik brendi ham hisobga olingan.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini yiliga 280 million dollar daromad oladigan Krishtianu Ronaldu egalladi. Lionel Messi 130 million dollar bilan ikkinchi, Kilian Mbappe esa 95 million dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.































Izohlar 0
…