Ispaniyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 34 ta o‘yinga yetdi, rekord yangilandi

Ispaniya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Urugvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixiy natija qayd etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Qizil furiya»ning rasmiy uchrashuvlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 34 ta bahsga yetdi. Shu tariqa, Ispaniya milliy jamoalar o‘rtasidagi yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Bunga qadar eng yaxshi natija Braziliya terma jamoasiga tegishli edi. Janubiy Amerika vakillari 1993–1998 yillar oralig‘ida ketma-ket 33 ta rasmiy o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan.
Ispaniya esa bu ko‘rsatkichni bitta uchrashuvga yaxshilab, futbol tarixidan joy oldi.
Ma’lumot uchun, ispaniyaliklar so‘nggi bor 2023 yil 28 mart kuni mag‘lub bo‘lgan. O‘sha kuni jamoa Yevro-2024 saralash bosqichida Shotlandiyaga imkoniyatni boy bergan edi.
Shundan beri Ispaniya rasmiy bahslarda raqiblariga yutqazmay kelmoqda. Endi jamoa jahon chempionatining pley-off bosqichida ushbu tarixiy seriyani yanada uzaytirishga harakat qiladi.































Izohlar 0
…