Urugvay guruhidagi natijalardan so‘ng charter reysi bekor qilindi

Urugvay futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan keyin futbolchilar uchun rejalashtirilgan charter reysini bekor qildi. Bu haqda jurnalist Martin Charkero X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Endi har bir futbolchi AQSHdan o‘z yurti yoki klubi joylashgan mamlakatga tijoriy reys orqali qaytishi kerak bo‘ladi.
Urugvay «N» guruhida uchta o‘yin o‘tkazib, ikki ochko jamg‘ardi va uchinchi o‘rinni egalladi. Ispaniya yetti ochko bilan guruh g‘olibi bo‘ldi. Kabo-Verde uch ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Saudiya Arabistoni esa oxirgi o‘rinda qoldi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…