Yevropa Ittifoqi Venesuelaga 5 million yevro yordam ajratdi

Yevropa Ittifoqi Venesuelaga 5 million yevro yordam ajratdi

Yevropa Ittifoqi kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Venesuelaga shoshilinch yordam sifatida 5 million yevro ajratdi. Bu haqda YEI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng ma’lum qildi.

Kallasning aytishicha, Yevropa fuqarolik muhofazasi mexanizmi ishga tushirilgan. Ittifoqqa a’zo bir qator davlatlar Venesuelaga qidiruv-qutqaruv guruhlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiy xodimlarni yuborgan.

Shuningdek, Yevropaning "Copernicus" sun’iy yo‘ldosh tizimi ham qutqaruv ishlariga jalb etilgan. U tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarni aniqlash va yordam yetkazish jarayonini muvofiqlashtirishga ko‘maklashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar