Suriyada o‘zbekistonlik jangari qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi

Suriyada o‘zbekistonlik jangari qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi

Suriyaning Idlib viloyati yaqinidagi Al-Fua shaharchasida o‘zbekistonlik jangarilardan biri noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Syriahr nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujum vaqtida u avtomobilida bo‘lgan va noma’lum shaxslar mashinaga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘q uzgan. Oqibatda u voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs avval “Hay’at Tahrir ash-Shom” tarkibidagi “Qizil kaltaklar” bo‘linmasida faoliyat yuritgan.

Hodisadan so‘ng hududda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar voqea tafsilotlarini aniqlash, hujumni sodir etgan shaxslarni topish hamda dalillarni yig‘ish bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan.

Nashrning qayd etishicha, ushbu voqea Suriyaning shimoli-g‘arbiy hududlarida so‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan suiqasdlar va qurolli hujumlar fonida sodir bo‘lgan. Bu esa ayrim hududlarda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar hanuz saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar