JCH-2026. Eldor Shomurodov: «Asosiy omil psixologiya bo‘ldi»

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi tarixiy debyuti nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham katta qiziqish bilan kuzatildi. Xususan, Rossiyaning nufuzli “Sport-Ekspress” nashri musobaqadagi ishtirokini yakunlagan terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdi.
Quyida ushbu intervyuning matnli shaklini e’tiboringizga havola etamiz.
«Hisobda oldinda bo‘lsak, xatolar boshlanadi»
— Fabio Kannavaro jamoaga tajriba yetishmaganini, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda rejalashtirilmagan holda uzun uzatmalarga o‘tib ketganingizlarni aytdi. Rostdan ham shunday bo‘ldimi?
— Ha, albatta. Bu yerda asosiy omil psixologiya bo‘ldi. Hisobda oldinda bo‘lsangiz, har qanday holatda ham gol o‘tkazmaslik va ustunlikni saqlab qolishni xohlaysiz. Shuning uchun xatolar boshlanadi. Biz to‘pni yaxshi nazorat qila olmadik va o‘ylaymanki, raqib bizni shuning uchun jazoladi.
— Golli uzatma vaziyatida Abbosbek Fayzullayev to‘pga tekkanmi?
— Uning o‘zi tekkanini aytdi. Umid qilamanki, assist aynan unga yoziladi.
«Jahon chempionatidagi golni hayotingiz davomida eslab yurasiz»
— Jahon chempionatida gol urganingiz siz uchun qanchalik muhim?
— Albatta, men uchun bu muhim. Baribir hayot davomida Jahon chempionatida urgan golingizni eslab yurasiz. Agar g‘alaba qozonganimizda esa yanada yaxshi bo‘lardi.
— Portugaliya bilan o‘yindan (0:5) keyin kim bilandir futbolka almashtirdingizmi?
— Yo‘q. O‘sha paytda hech kim bilan futbolka almashtirishga kayfiyatim yo‘q edi.
Kannavaroning jamoaga bergan darajasi
— Kannavaro jamoaga nimalar bera oldi?
— Juda ko‘p ijobiy narsalar. Birma-bir sanab o‘tirmayman. Bizda uning barcha g‘oyalarini to‘liq o‘zlashtirish uchun vaqt yetarli bo‘lmadi. Lekin professionallik nuqtayi nazaridan u futbolchilarga juda ko‘p narsani o‘rgatdi va yuqori darajada o‘ynash uchun qanday futbolchi bo‘lish kerakligini ko‘rsatdi.
— Rossiyada faoliyatingizga hissa qo‘shgan insonlarga nimadir demoqchimisiz?
— Bizga muxlislik qilgan, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat aytaman. Hammasiga salom va minnatdorlik bildiraman.































Izohlar 0
…