To‘y arafasidagi xiyonat: qiz sevgan yigiti bilan bo‘lajak erini jarlikka itarib o‘ldirdi

To‘y arafasidagi xiyonat: qiz sevgan yigiti bilan bo‘lajak erini jarlikka itarib o‘ldirdi

Puna shahrida 26 yoshli Ketan Agarvalning halok bo‘lishi avval tasodifiy qulaganlik deb baholangan edi. Keyingi tekshiruvlar esa uning o‘limi ortida oldindan tuzilgan reja bo‘lganini ko‘rsatgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar versiyasiga ko‘ra, Ketan Lohagad qal’asiga sayohat vaqtida jarlikka itarib yuborilgan. Bu ishda uning bo‘lajak rafiqasi Siya Goyal va Siyaning sevgan yigiti Chetan Chaudhari gumon qilinmoqda.

Tergovda aniqlanishicha, bu Ketanga qarshi birinchi urinish bo‘lmagan. Undan bir necha kun avval ham unga suiqasd qilishga harakat qilingan, ammo reja ish bermagan.

Siya so‘roqda boshqa yigit bilan munosabatda ekanini tan olgan. U Ketanning tashqi ko‘rinishi va duduqlanib gapirishidan norozi bo‘lganini ham aytgan. Hozir ikki gumonlanuvchi hibsga olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar