Ozoda Nursaidovaning "Lada" klipidagi Shabnam 17 yoshni qarshi oldi

Xonanda Ozoda Nursaidovaning mashhur "Lada" qo‘shig‘iga olingan klip orqali keng tanilgan Shabnam 17 yoshni qarshi oldi. U tavallud ayyomini muxlislari bilan ijtimoiy tarmoq orqali nishonlab, Instagram sahifasida samimiy video e’lon qildi.
Shabnam o‘z postida yangi yoshni katta orzu va maqsadlar bilan qarshi olayotganini ta’kidlab, muxlislariga minnatdorlik izhor etdi.
"Shunday qilib, bugun 17 yoshga to‘ldim! Men yana bir yoshga ulg‘aydim, aqlliroq va umid qilamanki, yanada qiziqarliroq inson bo‘ldim. Mening ijod yo‘lim siz bilan chambarchas bog‘liq. Nima yaratgan bo‘lsam, barchasi siz uchun. Sizsiz bularning hech biri bo‘lmasdi. Meni qo‘llab-quvvatlaganingiz, har bir fikringiz va yillar davomida yonimda bo‘lganingiz uchun rahmat. Va’da beraman, siz uchun bundan ham ko‘proq harakat qilaman", — deb yozdi u.

Mazkur video qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda ko‘pchilik Shabnamni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt, omad va ijodiy yuksalishlar tiladi. Muxlislar uning kelajakda yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirishdi.






























Izohlar 0
…