JCH-2026: bugungi uchta pley-off uchrashuvi uchun aniq prognozlar

1 daqiqa o'qish376
JCH-2026: bugungi uchta pley-off uchrashuvi uchun aniq prognozlar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ikki ming yigirmanchi oltinchi yilgi jahon chempionatining pley-off bosqichida Ispaniya va Avstriya, Portugaliya va Xorvatiya hamda Shveysariya va Jazoir terma jamoalari o'zaro raqobatlashadi.
  • Prognozlarga ko'ra, Ispaniya Avstriyani 2:0 hisobida mag'lub etishi, Portugaliya qo'shimcha vaqtdan so'ng Xorvatiyani 2:1 hisobida yengishi va Shveysariya Jazoirni 1:0 hisobida taslim etishi kutilmoqda.

2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida yana uchta muhim uchrashuv o‘tkaziladi. Ispaniya  Avstriya bilan, Portugaliya Xorvatiya bilan, Shveytsariya Jazoir bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Qog‘ozda uchala juftlikda ham favorit bor. Ammo pley-off bahslarida bitta xato butun mundialni tugatishi mumkin — Germaniya va Niderlandiya buni allaqachon qattiq usulda eslatib qo‘ydi.

Kecha saytimizda berilgan "JCH-2026: bugungi uchta pley-off uchrashuvi uchun aniq prognozlar" nomli sarlavha bilan uch o‘yindagi g‘oliblarni to‘g‘ri topgan edik. Prognoz yakuniga ko‘ra, Angliya, Belgiya va AQSH 1/8 finalga yo‘l oladi degan prognoz 100% o‘zini oqladi. Bu safar asosiy vaqt va ehtimoliy qo‘shimcha vaqtni ham alohida hisobga oldik.

1. Ispaniya — Avstriya

Prognoz: Ispaniya 2:0 Avstriya

Ispaniya to‘p nazorati va pozitsion hujumda katta ustunlikka ega. Jamoa 34 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmagan, Avstriya esa yuqori pressing bilan xavf tug‘dirsa-da, himoyachi Filipp Mvene ishtirok eta olmaydi.

G‘olib: Ispaniya
Ishonch darajasi: 75%
Ehtimoliy gol mualliflari: Lamin Yamal, Oyarsabal

2. Portugaliya — Xorvatiya

Prognoz: asosiy vaqtda 1:1, qo‘shimcha vaqtdan so‘ng 2:1

Xorvatiya pley-off bahslarini qanday o‘tkazishni juda yaxshi biladi va markazda o‘yin sur’atini pasaytirishga urinadi. Biroq Portugaliyaning hujum chizig‘i va zaxirasi kuchliroq. Portugallar ikki jamoa o‘rtasidagi avvalgi to‘rt uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

Keyingi bosqichga chiqadi: Portugaliya
Ishonch darajasi: 63%
Ehtimoliy hal qiluvchi gol: Ronaldu yoki zaxiradan tushgan futbolchi

3. Shveytsariya — Jazoir

Prognoz: Shveytsariya 1:0 Jazoir

Bu uchlikdagi eng teng bahs. Shveytsariyaning himoyadagi intizomi va pley-off tajribasi unga kichik ustunlik beradi. Jazoir hujumchisi Muhammad Amuraning jarohati afrikaliklar uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin.

G‘olib: Shveytsariya
Ishonch darajasi: 57%
Eng xavfli ssenariy: 0:0dan keyin qo‘shimcha vaqt

Yakuniy prognozlar

Uchrashuv

Prognoz

Ispaniya — Avstriya

2:0

Portugaliya — Xorvatiya

2:1, qo‘shimcha vaqtda

Shveytsariya — Jazoir

1:0

Uchta asosiy tanlov: Ispaniya g‘alabasi, Portugaliya keyingi bosqichga chiqadi, Shveytsariya keyingi bosqichga chiqadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?