22:00 / 21.12.2017
7 425

Yodgor Sa’diyev o‘zbek futbolidagi o‘zgarishlar haqida nimalar dedi?

Yodgor Sa’diyev o‘zbek futbolidagi o‘zgarishlar haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, o‘z vaqtida darvozabon sifatida to‘p surgan aktyor Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Mana O‘FFga yangi rahbariyat kelganiga 100 kun bo‘ldi. Federatsiya prezidenti Umid Ahmadjonovdan butun O‘zbekistondagi futbol muxlislarining umidi katta!
Hozir milliy chempionat yangi formatga o‘tyapti. Men ochig‘ini aytaman, menga bu format ma’qul bo‘ldi.

Nimasi bilan ma’qul?! Jamoalar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishiga olib keladi.
Futbol maydonidagi kurashning yanada keskinroq kechishiga olib keladi, ana shunisi bilan menga juda ma’qul. Endi uchrashuvlar 4 davrada bo‘lib o‘tadi.

Har klub mana shu 4 davra uchrashuvlariga alohida tayyorgarlik ko‘radi va o‘yinini kuchaytirib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Avvalgi 16 ta jamoadan iborat format, milliy terma jaomamizning Jahon chempionatlariga chiqishiga ta’siri jihatidan o‘zini oqlamadi, meni fikrimcha.

Bu mening shaxsiy, sub’ektiv fikrim. Mana bu 12 ta jamoa endi o‘zining ustida ko‘proq ishlaydi.
Pro-ligadagi jamoalar ham Superligaga chiqish uchun ko‘proq harakat qilishadi.

Nega? Chunki, jamoalar Superligaga chiqsa, ularning tarkibidagi futbolchilarning maoshlari albatta oshadi va demak, bu yerda har tomonlama manfaat va qiziqishlar hisobga olingan.
Shu bilan birgalikda bu format, bizning milliy terma jamoamizning shakllanishiga ham ijobiy ta’sir qiladi degan umidimiz bor.

Bu o‘ylangan loyihalar juda ham pishiq va o‘zbek futbolini jahon arenalariga olib chiqish uchun qilinayotgan ishlardan biri hisoblanadi.
Ming afsus, biz 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga O‘zbekiston bayrog‘i ham hilpiraydi, deb umid qilgandik, bu bizga nasib etmadi.

Biz endi, O‘zbekiston futbol federatsiyasining yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar o‘z samarasini beradi, deb niyat qilamiz”, - deya so‘zlarini yakunladi Yodgor Sa’diyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol federatsiyasi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovni O‘FF Intizom kodeksining 5.41-bandini buzgani uchun nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yodgor Sa’diyev o‘zbek futbolidagi o‘zgarishlar haqida nimalar dedi?