
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun federatsiya binosida Yaponiyaning CBC Group kompaniyasinig Xalqaro ishlar bo‘yicha prezidenti Aran Olsner bilan uchrashuv o‘tkazdi.
CBC Group kompaniyasi turli ichimlik va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, butun dunyoda o‘z filiallariga ega.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Aran Olsner bilan uchrashuv chog‘ida homiylik qilish, marketing va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. O‘z o‘rnida Aran Olsner CBC Group kompaniyasi formati o‘zgargan va yangidan tashkil qilinayotgan O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida titul homiy bo‘lishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Bu boradagi muzokaralar davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar