
Xabaringiz bor, PEPSI Superliganing ikkinchi bosqich uchrashuvlari uchun 28 avgust kuni qurʼa tashlandi.
Oʻzbekiston professional futbol ligasi qurʼa natijalariga koʻra, xosil boʻlgan juftliklarning qaysi sanalarda uchrashuvlar oʻtkazishini aniqlab chiqdi.
Unda bosh mezon sifatida milliy terma jamoamizning FIFA kunlaridan unumli foydalanayotganligi bois ushbu sanalarga yaqin boʻlgan kunlarga imkon qadar uchrashuv belgilamaslik prinsipiga amal qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston kubogi uchun kurashni davom ettirayotgan klublarning Superliga bahslarida ham munosib kunda va hech qanday muammolarsiz uchrashuvlar oʻtkazishi inobatga olindi. Qolaversa, har bir jamoaning bosh murabbiyi fikrlari birma-bir oʻrganib chiqildi va yakunda hamma uchun birdek qulay boʻlgan sanalar belgilandi.
Hozircha eʼtiboringizga, ikkinchi bosqichning birinchi qismi hamda Oʻzbekiston kubogi uchun belgilangan sanalarni eʼlon qilamiz. PEPSI Superliganing ikkinchi bosqich ikkinchi davrasi taqvimi Oʻzbekiston kubogining chorak final uchrashuvlari yakunlangach eʼlon qilinadi.
23-tur
13 sentyabr, payshanba
“SOʻGʻDIYONA” – “QIZILQUM”
“QOʻQON-1912” – “NASAF”
14 sentyabr, juma
“NAVBAHOR” – “PAXTAKOR”
“MЕTALLURG” – “LOKOMOTIV”
15 sentyabr, shanba
“BUNYODKOR” – “BUXORO”
AGMK – “NЕFTCHI”
Oʻzbekiston kubogi-2018
1/4 final
18 sentyabr, seshanba
“QOʻQON-1912” – “QIZILQUM”
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
19 sentyabr, chorshanba
AGMK – “MASHʼAL”
“ANDIJON” – “BUNYODKOR”
24-tur
22 sentyabr, shanba
“NЕFTCHI” – “NASAF”
“PAXTAKOR” – “BUXORO”
“QIZILQUM” – “QOʻQON-1912”
23 sentyabr, yakshanba
“LOKOMOTIV” – “BUNYODKOR”
“NAVBAHOR” – “MЕTALLURG”
AGMK – “SOʻGʻDIYONA”
27-28 sentyabr
Oʻzbekiston kubogi-2018
1/2 final
25-tur
2 oktyabr, seshanba
“SOʻGʻDIYONA” – “NЕFTCHI”
“NASAF” – “QIZILQUM”
“BUXORO” – “LOKOMOTIV”
3 oktyabr, chorshanba
“QOʻQON-1912” – AGMK
“MЕTALLURG” – “PAXTAKOR”
“BUNYODKOR” – “NAVBAHOR”
8-16 oktyabr
FIFA KUNLARI
13 oktyabr, shanba
OʻZBЕKISTON – KXDR
16 oktyabr, seshanba
OʻZBЕKISTON – QATAR
26-tur
19 oktyabr, juma
AGMK – “NASAF”
“NЕFTCHI” – “QIZILQUM”
“SOʻGʻDIYONA” – “QOʻQON-1912”
20 oktyabr, shanba
“NAVBAHOR” – “BUXORO”
“MЕTALLURG” – “BUNYODKOR”
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
27-tur
23 oktyabr, seshanba
“NASAF” – “SOʻGʻDIYONA”
“QIZILQUM” – AGMK
“LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR”
24 oktyabr, chorshanba
“BUXORO” – “MЕTALLURG”
“BUNYODKOR” – “PAXTAKOR”
“QOʻQON-1912” – “NЕFTCHI”
28 oktyabr, yakshanba
Oʻzbekiston kubogi-2018
FINAL “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar