23:06 / 11.01.2019
3 438

Osiyo kubogi. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etdi va 1/8 finalga chiqdi

Osiyo kubogi. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etdi va 1/8 finalga chiqdi
Hozirgina Osiyo kubogi-2019 2-turidan o‘rin olgan Qirg‘iziston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Al Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed" stadionida kechgan uchrashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi va koreyaliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 41-daqiqada Kim Min Jaye tomonidan kiritildi. Shu tariqa Paulo Bentu shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 6 taga yetgan holda jamoa 1/8 final yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritishdi.

Osiyo kubogi-2019
"C" guruhi, 2-tur
QIRG‘IZISTON - JANUBIY KOREYa 0:1
Gol:
Kim Min-Jae (41)
Qirg‘iziston: 13.Kutman Kadirbekov, 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Kozubayev, 8.Aziz Sidiqov, 9.Edgar Bernxardt, 10.Mirlan Mirzayev, 11.Bekjan Saginbayev, 17.Daniyel Tago, 18.Qayrat Jigalbek, 21.Farhod Musabekov, 23.Axliddin Isroilov.

Janubiy Koreya: 1.Kim Seung-Gyu, 2.Li Yong, 4.Kim Min-Jaye, 5.Ju Vu-Yong, 6.Xvang In-Beom, 11.Xvang Xi-Chan, 13.Ku Ja-Chol, 14.Hong Chul, 17.Li Chung-Yong, 18.Xvang Ui-Jo, 19.Kim Yong-Gvon.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etdi va 1/8 finalga chiqdi