Moskvaning “Lokomotiv” klubi rahbariyati shu yilning iyul oyida “Bunyodkor”dan sotib olingan 18 yoshli hujumkor futbolchi Jasur Jaloliddinovga Rossiya premer-ligasida o‘zini ko‘rsatish imkonini bermadi. Klub hamyurtimizni Rossiya premer-ligasi qaydnomasidan chiqarib, o‘rniga boshqa legionerni ro‘yxatga qo‘ydi.
To‘g‘risi, ushbu transfer ancha shov-shuv bo‘lgandi. Futbolchimiz manfaatini himoya qilgan mutaxassislar, xususan uning agenti Yuriy Belous Jasurga katta baho bergandi. Rossiyalik futbol eksperti Jaloliddinov o‘z tengqurlari orasida (2002 yilda tug‘ilganlar) O‘zbekistonda eng iste’dodlisi, Osiyoda eng kuchli besh futbolchidan biri, The Guardian ekspertlari bahosi bo‘yicha o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgani, Joau Mariudan kuchli ekani va yaqin kelajakda “Lokomotiv”ning o‘yinini belgilovchi futbolchiga aylanishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek vunderkindiga Italiya, Turkiya, Ispaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridan taklif bo‘layotgani, lekin Jasurning kelajagi va xorij futboliga moslashishini o‘ylab, "Lokomotiv" varianti ma’qul ko‘rilgani ma’lum qilin edi.
Biroq, o‘zbek futbolini yaqindan bilgan ayrim mutaxassislar Jaloliddinov Rossiya futboli uchun xali yetarli darajada pishmaganini aytgani ham bor gap. Xususan, “Navbahor”ning rossiyalik bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Jasurning Rossiya chempionatiga o‘tishiga erta ekanini bir necha marotaba takrorladi.
Yurtimizda ishlagan Muhsin Muhammadiyev bu futbolchi “Lokomotiv”ning yuqori jismoniy ko‘rsatkichlarni talab qiladigan o‘yin uslubiga tushmasligini aygandi.
O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Lokomotiv” ham 1 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga olib kelingan 18 yoshli futbolchidan ko‘ra, tajribali ijrochilarga ishonch bildirishni ma’qul ko‘rdi. Qolaversa, O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyatining Jasur transferida belgilangan qoidalar buzilganini taxmin qilgani va vaziyatga oydinlik kiritilishi ma’lum vaqtni talab etgani futbolchini musobaqa qaydnomasidan o‘tkazishni kechiktirib yubordi.
Jasur “Lokomotiv”da rasmiy o‘yin o‘tkazishga ulgurmadi. Yarim himoyachimiz Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi, xolos. To‘g‘risi, o‘yinidan nafaqat murabbiylar, bilki o‘zining ham ko‘ngli to‘lmadi.
- "Jamoaga to‘liq moslasha oldim, ammo baribir o‘z sport formamni yanada yaxshilashim kerak. Men hali 100 foiz tayyor emasman. Yuz foiz jismoniy tayyor bo‘lmasangiz, o‘zingizni to‘liq ko‘rsatishingiz qiyin”, - dedi o‘yindan keyin Jasurning o‘zi.
Xullas, “Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni kelajak uchun xarid qildi, degan taxminlar o‘zini oqlashiga ishonch bildirgimiz kelyapti. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Lokomotiv” bilan besh yillik shartnomaga ega futbolchimiz O‘zbekistonga qaytadi va ijara asosida Superligada o‘ynaydi. Garchi klub nomi e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, bu jamoa “Bunyodkor” bo‘lishi haqiqatga ancha yaqin. Zero, avval-boshdan bu variant ham tilga olinayotgan edi.
Shu bilan birga, “Lokomotiv” rahbariyati rejasiga binoan, Jasur Jaloliddinov qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida klub ixtiyoriga qaytadi va yangi mavsum oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik jarayoni natijalariga qarab, hamyurtimiz faoliyati bo‘yicha qaror qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar