13:21 / 13.03.2021
1 783

O‘FAda murabbiylar shtabi ishtirokida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda murabbiylar shtabi ishtirokida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘FA rasmiy "Telegram" sahifasi assotsiatsiya rahbariyati Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi bilan yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda.

"Xabaringiz bor, bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi qolgan uchrashuvlarining yangi sanalari hamda ularga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston MTJ o‘rin olgan "D" guruhi bahslari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Shu sababli, bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Milliy jamoamizning mazkur saralash bellashuvlaridagi natijalari tahlil etildi hamda oldindagi uchrashuvlar uchun tayyorgarlik jarayoni va rejalari muhokama etildi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov MTJning iyun oyiga qadar tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha hisobot berdi.

Shuningdek, Vadim Abramov MTJ asosiy tarkibi vakillari va ularga nomzod futbolchilarning ayni paytdagi jismoniy holati xususida axborot taqdim etdi. Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidan o‘rin olishga yaqin turgan yosh iqtidorli futbolchilar haqida ma’lumot berdi.

O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov Milliy terma jamoamizning mart oyi yakunida o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘yicha yakuniy rejalar bo‘yicha hisobot berdi.

Oldinda turgan ushbu nufuzli turnirlar saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yaxshi natijalarni qayd etgan holda, musobaqalarning final bosqichiga yo‘llanma olish zarur ekanligi yana bir bor ta’kidlandi", - deyiladi rasmiy sahifa taqdim etgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FAda murabbiylar shtabi ishtirokida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi