Niderlandiya va Shvetsiya bahsida bir nechta rekord qayd etildi

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida 100 tadan ortiq gol urgan, ammo hali biror marta bosh sovrinni qo‘lga kiritmagan ilk jamoa bo‘ldi. Niderlandiyaliklar bu ko‘rsatkichga 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Shvetsiyani 5:1 hisobida mag‘lub etgan uchrashuvda erishdi, deb xabar beradi «Yevro-Futbol.Ru».
Niderlandiya avval ham Jahon chempionati g‘olibligiga bir necha bor yaqin kelgan. Terma jamoa 1974, 1978 va 2010 yillarda finalga chiqqan, biroq uchala hal qiluvchi bahsda ham raqibiga imkoniyatni boy bergan.
Shvetsiyaga qarshi g‘alaba Niderlandiyaning yana ikki rekordni yangilashiga xizmat qildi. Jamoa Jahon chempionatlarida ketma-ket 14 ta uchrashuvda asosiy va qo‘shimcha vaqtda mag‘lub bo‘lmadi. Bu statistikada penaltilar seriyasi natijalari hisobga olinmaydi.
Shuningdek, Niderlandiya Jahon chempionatlari guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 18 ta o‘yinga yetkazdi. Bu ham musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.































Izohlar 0
…