20:43 / 11.04.2021
4 294

OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing

OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing
Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" "B" guruhidan joy olgan va o‘z o‘yinlarini Sharja shahrida o‘tkazadi. "Paxtakor" guruhidagi to‘rtinchi jamoa Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi bo‘ldi.

Bu jamoa pley-off bahsida Saudiya Arabistonining "Al Vehda" klubiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobini qayd etdi va penaltilar seriyasida 3:2 hisobida zafar quchdi. Bilasiz, Osiyo chempionlar ligasining guruh o‘yinlari markazlashgan tartibda tashkil etiladi. "Paxtakor" ham, AGMK ham 15 kunda 6tadan uchrashuvda maydonga tushadi.

"B" guruhi (mezbon shahar - Sharja):
"Sharja" (BAA)
"Traktorsozi" (Eron)
"Paxtakor" (O‘zbekiston)
"Al Quva Al Javiya" (Iroq)

"Paxtakor"ning guruh o‘yinlari taqvimi:
1-tur. 14 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Paxtakor" - "Traktorsozi"

2-tur. 17 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Al Quva Al Javiya" - "Paxtakor"

3-tur. 20 aprel. "Sharja" stadioni
23:00. "Sharja" - "Paxtakor"

4-tur. 23 aprel. "Sharja" stadioni
23:00. "Paxtakor" - "Sharja"

5-tur. 26 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Paxtakor" - "Al Quva Al Javiya"

6-tur. 29 aprel. "Sharja" stadioni
20:00. "Traktorsozi" - "Paxtakor"

Izoh: O‘yinlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Guruhdagi barcha bellashuvlar "Sharja" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakatda kattaligi jihatdan uchinchi stadion bo‘lib, 18 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bu stadionda 2019 yil Osiyo Kubogining 6ta bellashuvi o‘tkazilgan. Esingizda bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi mana shu stadionda Ummonni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing