10:25 / 08.05.2021
1 677

Kuman “Barsa”ni boshqarmaydi

Kuman “Barsa”ni boshqarmaydi

Sport arbitraj sudi ana shunday qarorga keldi. Bu qaror faqatgina “Atletiko”ga qarshi uchrashuvda amal qiladi.

Ma’lumki, Ronald Kuman 33-turda “Granada”ga qarshi uchrashuvdagi xatti-harakatlari oqibatida ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi. Niderlandiyalik mutaxassis “Valensiya”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

Klub rahbariyati diskvalifikatsiyani chempionatning eng muhim uchrashuvi – “Atletiko”ga qarshi bahsda vaqtinchalik to‘xtatib turishni so‘rab, avvalroq, tartib-intizom qo‘mitasiga ikki marta murojaat qilib, rad javobini olgandi. Sport arbitraj sudi qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

“Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi 8 may kuni Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

Ispaniya chempionatida 76 ochko to‘plagan “Atletiko” peshqadamlik qilmoqda. “Real” va “Barselona” ikkitadan kam ochko bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.

Kataloniyaliklar uchun eng muhim o‘yinda jamoani maydonga Kumanning yordamchisi Alfred Sxroyder olib tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Kuman “Barsa”ni boshqarmaydi